17:52 / 27.04.2024
357

Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi"

Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov Saudiya Arabistoni mag‘lub etilgan uchrashuvdan so‘ng (2:0) saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz?
- G‘alaba qozonganimizdan juda ham xursandmiz. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganimizga qaramay, biz kutgandan ko‘ra qiyinroq bo‘ldi. Saudiya bilan o‘zaro hisob kitobimiz bor edi. Yakunda, O‘zbekiston "battle"da g‘olib bo‘lib chiqdi. Shunday natijalar qayd etishda davom etamiz.

- Saudiyalik futbolchilar bugun aynan sizga qarshi juda ko‘p provokatsiyalar qilishdi. Bunday vaziyatlarda hissiyotlarga berilmaslik va sovuqqon bo‘lish qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Bosh murabbiyimiz uchrashuv oldidan bizni ogohlantirib qo‘ygan edi. Arab futbolchilarining o‘zini bunday tutishi biz uchun yangilik emas. Saudiya Arabistoni futbol o‘ynasa bizdan kuchsizroq ekanligini bilgan. Shu sababli, ular futbol o‘ynash emas, raqib o‘yinini buzish bilan band bo‘lishdi. Toza futbol o‘ynasak biz raqibdan ustun ekanligimizni his qilib turgan edik. Saudiyaliklarda futbol o‘ynash uchun barcha sharoitlar bor, ammo ular maydonda boshqa ishlar bilan band bo‘lishdi. Saudiyaliklar bizdan qo‘rqqani sababli maydonda janjal va provokatsiyalar qilishni boshlashdi va shu sababli ular mag‘lub bo‘ldi deb o‘ylayman.

- Keyingi raqibimiz Indoneziya haqida nimalar deya olasiz?
- Indoneziya terma jamoasi Janubiy Koreya va Avstraliya kabi jamoalarni mag‘lub etdi. Bu esa ularning kuchli ekanligiga isbot bo‘la oladi. Raqibni hurmat qilamiz va ularga qarshi tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi"