Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov bugungi mashg‘ulotlarda saytimizga kichik intervyu berdi.
- O‘zbekiston terma jamoasi dahshatli futbol namoyish etmoqda, 10 ta gol va barcha uchrashuvlardagi g‘alaba bu ajoyib natija. O‘zbekiston 2018 yilda qayd etgan natijasini yana takrorlamoqchimi?
- Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Gol o‘tkazmayotganimizga sabab futbolchilarning mehnatkashligidir. Shunday davom etishni rejalashtirmoqdamiz.
- Indoneziya terma jamoasi guruh bosqichida ajoyib qatnashdi va chorak finalda kuchli raqibni mag‘lub etdi. Ularga qarshi kechadigan uchrashuvga ruhiy va jismoniy tomonlama qanday tayyorgarlik ko‘rdingizlar?
- Biz yaxshi tayyorlandik. Sovrin sifatida olimpiadaga yo‘llanma qo‘yilgan. Biz hali olimpiadaga chiqmaganmiz. Qiyin uchrashuv bo‘lishini oldindan bilamiz. Ertaga ikki jamoa ham borini berib o‘ynashi aniq.
- Ko‘pchilik O‘zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlarini aytib o‘tishmoqda. Indoneziyaning kuchli jihatlarini hech kim sanab o‘tmayapti. Raqiblarimizni qaysi jabhada kuchli deya olasiz?
- Indoneziya terma jamoasining asosiy kuchi hujumga tezda o‘tishi va tartibli himoyalanishida. Ularda xohish va ishtiyoq katta, shu sababli oddiy autdan unumli foydalanishmoqda.

Izohlar 0
…