
Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Navbahor" (1:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- So‘zimni o‘yinchilarimizni maqtash bilan boshlamoqchiman. Ular bugun jang qilishdi va Superliganing eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi durang qayd etishdi. O‘yinni yomon boshlamagandik. Darvozamizga gol urilganda "Navbahor" hujumchisi klass ko‘rsatdi, ammo u yerda menimcha qo‘pollik bor edi. Bu vaziyat o‘yinimizga ta’sir o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda biz hisobni tenglashtirish uchun bosim qildik va o‘z niyatimizga yetdik.
- "Navbahor"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rganingiz sezildi. Durangdan qoniqdingizmi?
- "Navbahor" va bizning jadvaldagi joylashuvimizdan kelib chiqsak, albatta qoniqtirdi. Yana qaytaraman, "Navbahor"ning birinchi goli inobatga olinmaganda, balki hisob boshqacha ko‘rinish olardi. O‘yin boshida o‘sha gol o‘yinimizga ta’sir o‘tkazdi. "Navbahor" juda kuchli jamoa va ularga omad tilayman. Biroq, bizning o‘yinchilar erkakchasiga o‘yin ko‘rsatishdi. G‘alaba qozona olmagan bo‘lsakda, ular maqtovga loyiqlar.
SuperligaMetallurgNavbahorO‘yin HaqidaVesko SteshevichJamoalar Maqtovi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar