Paralimpiya o‘yinlari. Dzyudochi Sherzod Namozov O‘zbekistonga ilk oltin medal olib keldi

Paralimpiya o‘yinlari. Dzyudochi Sherzod Namozov O‘zbekistonga ilk oltin medal olib keldi
Paralimpiya o‘yinlari. Dzyudochi Sherzod Namozov O‘zbekistonga ilk oltin medal olib keldi

8 sentyabr kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari birinchi kunni o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 60 kg. vaznda ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Sherzod Namozov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U chorak finalda urugvaylik dyuzodochini 3:04 daqiqada, yarim finalda ozarboyjonlik raqibini esa 56 soniyada mag‘lub etdi. Finalda yaponiyalik Makoto Xirosega qarshi chiqqan Namozov 1:23 daqiqada ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Sherzod Namozov O‘zbekistonga ilk oltin medal olib keldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar