Rio-de-Janeyro paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari birinchi kungi bahslarni o‘ta muvaffaqiyatli boshlashdi. Dyuzdochilardan keyin bahslarda ishtirok etgan suzuvchilar ham delegasiya hisobini medallar bilan boyitishdi.
Batterflyay uslubidagi (S13) 100 metrga suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi. Kirill Pankov va Muzaffar Tursunxo‘jaev saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi. Finalda Pankov marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi, Tursunxo‘jaev uchinchi o‘rinni egallab bronza medali bilan kifoyalandi.
Ayollar o‘rtasidagi batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suzish musobaqasi ham O‘zbekiston vakillari uchun omadli kechdi. O‘zbekistonlik 3 nafar sportchi saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgandi. Dastlabki 50 metr masofada Muslima Odilova 1-o‘rinda borayotgandi, biroq marraga amerikalik suzuvchi birinchi bo‘lib etib keldi. Odilova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Fotimaxon Omilova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shohsanamxon Toshpo‘latova 4-o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda