
Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Eron - O‘zbekiston o‘yini oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida Amir Galenoi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Sport vazirligi terma jamoani qulay sharoit bilan ta’minlashga harakat qiladi, lekin Gongkongga bo‘lgan safarimiz bizni qoniqtirgani yo‘q. Endi meni tashvishga solayotgan narsa jamoaning tiklanishi va futbolchilarning jismoniy holati. Afsuski, futbolchilardan birini yo‘qotdik. Said Mehri mushaklari zo‘riqishi tufayli jarohat olgan va bunga parvozlar sabab bo‘lgan. Terma jamoaning shon-shuhrati va shaxsiyati bundan balandroq. Xitoydan kelgan sayyoh bizni ko‘rib, “Bir davlatning terma jamoasining safari mana shunday bo‘ladimi?” - dedi. Umid qilamanki, ular uchinchi saralash bosqichida terma jamoa haqida qayg‘urishadi, chunki futbol odamlarning ko‘nglidan joy oladigan sport turi".
O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida:
"O‘yin haqida shuni aytishim kerakki, O‘zbekiston Osiyoning kuchli jamoalaridan biri. Hozirda mamlakatlar futboli bir-biriga yaqinlashdi. O‘zbekiston bir necha yillardan beri o‘z futboliga to‘g‘ri sarmoya kiritmoqda. Ular yaxshilanishdi va bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Vaholanki, terma jamoa jismonan tayyor. Garchi biz ertalab soat 5 da yetib kelgan bo‘lsak ham, biz rasmiy ravishda ikki kunni yo‘qotdik. Umid qilamanki, biz uch ochko olamiz", - dedi eronlik mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar