Hakam to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketganini payqamasdan ruslarning golini hisoblamadi


19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Evro-2017 saralash musobaqasidan o‘rin olgan Isroil – Rossiya (1:1) uchrashuvini boshqargan hakam ruslarning haqqoniy golini hisoblamadi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ikkinchi bo‘lim vaqtida, hisob 0:0 ekanida, rossiyaliklar tezkor hujumda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Valeriya Zarubinaning zarbasidan keyin to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketdi. Bosh hakam esa buni payqamay qoldi va golni inobatga olmadi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Rossiya futbol ittifoqi bu o‘yin natijasi yuzasidan rasmiy shikoyat yozdi.
UEFA tashkiloti yaqin orada bu vaziyatni o‘rganib chiqib, o‘z qarorini e’lon qilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…