
Tajribali futbol mutaxassisi Azamat Abduraimov O‘zbekiston terma jamoasining saralashdagi raqiblari va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"O‘ylaymanki, guruhimizda teng raqiblar jamlandi. Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishimiz kerak. Fikrimcha, "B" guruhi biroz yengildek taassurot qoldirdi. U yerda bitta favorit bor - Koreya Respublikasi. Qolganlar klass jihatdan pastroqda. Eng kuchli guruh shubhasiz "S" guruhi bo‘ldi. So‘nggi Jahon chempionatida qatnashgan birdaniga 3 ta terma jamoa bitta guruhdan joy oldi.
Bizning guruhda kurash Qatar, Eron, O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tishi aniq. Ularni juda yaxshi bilamiz, bir necha marotaba to‘qnash kelganmiz. Kuchli va kuchsiz taraflaridan xabarimiz bor. Lekin BAA terma jamoasini ham unutib qo‘ymaslik kerak. Gap Jahon chempionatiga chiqish haqida borar ekan har bir raqibni hurmat qilishimiz shart. Bu bosqichda hamma terma jamoa o‘zining o‘yinini ko‘rsatishga intiladi", - deydi Azamat Abduraimov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar