Foto: “O‘FA”
Toshkentning “Paxtakor” klubi Superliganing yozgi transfer oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi va “Olimpik” klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riyev “Paxtakor” futbolchisi ikkinchi davradan amaldagi chempion safida to‘p suradi.
“Yoshartirilayotgan “Paxtakor”dan yozgi transferlarni kutib oling! Jamoamizga tegishli bo‘lgan Abdurauf Bo‘riyev ikkinchi davrani “Sherlar” safida o‘tkazadi. Tez orada “Paxtakor”dan transferlarning haqiqiy shodasini kutib oling. “Paxtakor” — iqtidorli yoshlar bilan yorqin kelajak sari!”, — deyiladi klub xabarida.
Abdurauf Bo‘riyev birinchida davrada 12 uchrashuvda maydonga tushdi. 23-raqamda o‘ynagan yarim himoyachi uchrashuvlarning 11 tasini jamoaning asosiy tarkibida boshlagan.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” sentyabrda boshlanadigan Elite Chempionlar Ligasida qatnashadigan birinchi o‘zbek klubi bo‘ladi.
“Paxtakor” klubi O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasi yakunida 13 uchrashuvdan 22 ochko to‘plashga erishdi. Jamoa 6 g‘alaba, 4 durang va 3 mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi