date
views 239

Striklend: "Tez orada UFC da birorta ham amerikalik qolmaydi"

Striklend: "Tez orada UFC da birorta ham amerikalik qolmaydi"
O‘rta vazn toifasi(84 kg)da sobiq UFC chempioni, amerikalik Shon Striklendning fikricha, kelajakda hamyurtlari jahonning eng nufuzli promoushenidan raqobat tufayli chetlatiladi.

Tez orada UFC da amerikalik qolmaydi. Dog‘istonliklar, ruslar va braziliyaliklar qanday kurashayotganini hammamiz ko‘ryapmiz va kelajakda ham asosan, ularni kuzatib boramiz. Bu esa biroz yomon", - dedi Striklend MMA Mania nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Qo‘shma Shtatlar UFC dagi jangchilar soni bo‘yicha mutlaq yetakchi - 200 dan ortiq. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (100 dan ortiq). Uchlikni esa Rossiya yakunlab beradi (22 kishi). UFC tarixida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan uchta rossiyalik bo‘lgan: Xabib Nurmagomedov, Peter Yan va Islom Maxachev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Striklend: "Tez orada UFC da birorta ham amerikalik qolmaydi"