159
Urugvay terma jamoasi ustozi AQSH mezbonlik qilayotgan Amerika kubogi tashkilotchilarini qattiq tanqid qildi
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa shu kunlarda AQSHda bo‘lib o‘tayotgan Amerika kubogi-2024 musobaqasining tashkiliy ishlarini tanqid qildi.
“Bizga maydonlar mukammal holatda, deyishgandi va bularning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ular matbuot anjumanida maydonlar ajoyib deb aytishgandi.
Ular mashg‘ulot uchun mukammal sharoit yaratilganini aytishdi, lekin Boliviya mashg‘ulot o‘tkaza olmadi, menda hammasi yolg‘on ekanligini isbotlovchi fotosuratlar bor.
Men aytmaslikka va’da bergan hamma narsani aytdim, endi tahdidlar bo‘lishi mumkin. Bir marta Skaloni maysa yaroqsiz deb aytishga jur’at etdi va bu mashhur xatoga aylandi.
Amerikaliklar sizga: "Men sizga mukammal maydonni beraman" demaydi. Ular sizga: “Men senga uch kun oldin qilingan maydonni beraman”, deyishadi.
Mashg‘ulot bazalari esa haqiqiy falokat. Boliviya mashg‘ulot o‘tkaza olmadi, lekin ular: "Hammasi yaxshi, axir bu Boliviya", - deyishdi”, - dedi Belsa ESPN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi ushbu Amerika kubogida yarim finalda Argentinaga imkoniyatni boy berdi va ertaga Kanadaga qarshi 3-o‘rin uchun maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi