
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida «Borussiya»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi 4:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
- Futbolchilarga meni va muxlislarni baxtli qilayotganlari uchun rahmat aytaman. Kuchli klublarga qarshi o‘ynash uchun biz muxlislar to‘la stadionga muhtojmiz.
Biz mavsum boshidagi 7 rasmiy uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondik va o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqdamiz.
Gyundoganning debyuti? U juda aqlli o‘yin namoyish qildi. U ajoyib futbolchi. Ilkay tarkibimizda ekanidan juda baxtlimiz, - deydi Gvardiola.
Manba: www.championat.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar