Abbosbek Fayzullayevni oldinda muhim mavsum kutib turibdi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz faoliyatida ko‘tarilish bo‘lish uchun u oldindagi musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyish eta olishi kerak.
Birinchidan, 24 iyul kuni start oladigan Parij Olimpiadasining futbol musobaqalarida Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasining muhim o‘yinchilaridan biri sifatida to‘p tepadi. Parij maydonlarida ko‘plab futbolchilar qatori hamyurtlarimizni, xususan, Fayzullayevni ham xorij klublari skautlari kuzatadi.
Ikkinchidan, Abbosbek Fayzullayev yangi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirning eng muhim bosqichida ishtirok etadi. Xalqaro maydondagi natijalar mundial uchun kurashayotgan o‘yinchilarimizning faoliyatida yangilik va burilishlar yasash ehtimoli katta.
Uchinchidan, iste’dodli legionerimiz Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli chiqqani shunchaki tasodif yoki omad emasligini, o‘zi yuqori malakali o‘yinchi ekanini yana bir karra isbotlab qo‘yishi talab etiladi.
Mana shu musobaqalar Fayzullayevning kelajagiga bevosita ta’sir o‘tkazishi, o‘zi orzu qilgan Yevropaning kuchli ligalari va qudratli klublariga yo‘l ochishi mumkin.
Rossiya matbuoti, futbol ekspertlari, murabbiylar, tahlilchilar yangi mavsumda Abbosbek Fayzullayevdan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirmoqda.
EURO-FOOTBALL.RU sayti:
20 iyuldan Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlandi. O‘tgan mavsumda Vladimir Fedotov qo‘l ostida SSKA sifatli o‘yin namoyish qildi, lekin erishilgan natijalar borasida bunday, deb bo‘lmaydi.
SSKA yozda asosiy tarkibning eng muhim o‘yinchilarini saqlab qoldi va yozgi transferlar vaqtida hozirchani ularning birortasini ketishi aniq bo‘lgani yo‘q. Klubga keladigan futbolchilarni topish borasida ham jiddiy ishlar davom etmoqda. SSKA huddi o‘tgan yili Abbosbek Fayzullayevni transfer qilib, zo‘r iste’dod sohibini topgandek, bu gal ham yangi nomlarni qidiradi.
Yangi bosh murabbiy Marko Nikolich qo‘l ostida jamoa to‘rtta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi va bir bor durang o‘ynadi. SSKA sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi mumkin. Biroq Abbosbek Fayzullayevning Parij Olimpiadasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketgani, Viktor Davilaning Chilidan qaytib kela olmayotgani chempionatning dastlabki uchrashuvlarida natijaga salbiy ta’sir o‘tkazishi ehtimoli katta.
SOVSPORT.RU sayti:
Abbosbek Fayzullayevni qidirib topgan SSKA seleksioneriga alohida mukofot berish lozim. Har holda bu o‘yinchini Rossiya Premer-ligasiga kelguniga qadar hech kim tanimas edi. Debyut mavsumidayoq yarim himoyachi chempionatning eng yorqin kashfiyoti bo‘ldi.
Fayzullayev legioner sifatida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifiga aylandi.
Bu ham eng muhimi emas. Asosiysi, Abbosbek “armiyachilar”ning o‘yinini belgilaydigan muhim figura. Tez orada u O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.
SSKA qaytishi bilan yana jamoaning yetakchisi va hujum chizig‘ining asosiy o‘yinchisi mavqeida to‘p tepadi.
Zoran TOSHICH, Serbiya terma jamoasi va SSKA sobiq futbolchisi:
Abbosbek Fayzullayev SSKAning eng iste’dodli o‘yinchilaridan biri. U menga juda yoqadi: shunday yengil va texnikasi zo‘r futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Rossiyadagi o‘yinlari orqali mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.
20 yoshli hujumkor futbolchimizning transfer summasi bir necha baravar oshib, hoxzir 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Fayzullayev ayni paytda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi