Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalarini O‘zbekiston – Ispaniya hamda Argentina – Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar boshlab beradi.
Parij Olimpiadasi o‘zbekistonlik futbolchilar uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakatimiz charm to‘p ustalari sakkizinchi urinishda ilk bor Olimpiya saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tib, to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
“S” guruhida joy olgan futbolchilarimizning ilk Olimpiadadagi dastlabki raqibi – “Tokio-2020” o‘yinlari finalchisi Ispaniya terma jamoasi bo‘ladi.
Ispan futboli vakillari yaqindagina Germaniyada tashkil etilgan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqani bu mamlakat terma jamoalariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.
Parij Olimpiadasida qatnashayotgan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya va jamoa yetakchisi Abel Ruis O‘zbekiston terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan Ispaniya futbol federatsiyasi rfef.es rasmiy saytiga intervyu berdi.
"Olimpiya o‘yinlari qiyin turnir, kichikroq miqyosda bo‘lsa-da, jahon chempionatiga o‘xshab ketadi. Birinchi o‘yin, odatda, eng muhimi hisoblanadi va biz bor e’tiborimizni mazkur bahsga qaratganmiz. Orzularni ro‘yobga chiqarish vaqti keldi. Mening vazifam — qisqa vaqt ichida jamoa shakllantirib, ularni bir oilaga aylantirishdan iborat.
Oltin medal bizni o‘ziga chorlamoqda, chunki ko‘p yillar mobaynida bunga erisha olmadik. Barcha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fermin va Aleks Bayenaning ikkalasi ham Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lishganidan keyin yetib kelishgan. Ular biz uchun juda muhim futbolchilar sanaladi. Ikki yigit yaxshi holatda yetib kelgan", dedi ispaniyaliklar ustozi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi anchadan beri Olimpiadalarda oltin medal qo‘lga kiritilmagani o‘zi uchun yangi chaqiruv ekani, maqsadga qadamba-qadam erishilishini ta’kidladi. Shuningdek, Santi Deniya yaqinda Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Fermin Lopes va Aleks Baena terma jamoaga qo‘shilgani, ular muhim o‘yinchi ekani, ayni paytda yaxshi sport formasida va o‘zlarini baxtiyor his qilayotganliklarini aytdi.
Ispaniya futbol federatsiyasi saytiga terma jamoa sardori Abel Ruis ham o‘zbekistonliklar bilan bo‘ladigan o‘yin borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Olimpiadada ishtirok etish juda qiziqardi. Hozir hech qanday bosimni his qilayotganimiz yo‘q, lekin bu yerga borimizni bergani keldik. Biz Ispaniya olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimizdan faxrlanamiz.
Birinchi o‘yinga katta ishtiyoq, buyuk maqsad bilan tayyorlanyapmiz va dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritishni istaymiz. O‘zbekiston – juda yaxshi jamoa, ular vazifamizni qiyinlashtirishi aniq. Uch ochko olish uchun borimizni bz foiz berishimizga to‘g‘ri keladi, - dedi Abel Ruis.
24 yoshli Abel Ruis “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida Portugaliyaning “Braga” klubida o‘ynagan. Yaqinda Ispaniya chempionati sovrindori “Jirona” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
O‘zbekiston hamda Ispaniya o‘rtasidagi birinchi tur o‘yini 24 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Parij shahridagi mashhur “Park de Prens” stadionida boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi