09:56 / 25.07.2024
49

Xose Venansio Lopes: "Bizga barqarorlik yetishmayapti. Ushbu muammoga imkon qadar tezroq yechim topishimiz kerak"

Xose Venansio Lopes: "Bizga barqarorlik yetishmayapti. Ushbu muammoga imkon qadar tezroq yechim topishimiz kerak"
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Gvatemala ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (7:4) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Birinchi bo‘limda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, ayniqsa to‘pni yo‘qotdik. Birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan gollarimizning barchasi o‘z xatolarimizdan so‘ng urildi. Hujumni qurishda ham biroz qiynaldik.

- Musobaqa davomida o‘tkazilgan qaysi uchrashuvdan ko‘nglingiz to‘lmadi?
- Barcha uchrashuvlar meni qoniqtirdi, ammo Qirg‘izistonga qarshi kechgan bahsning birinchi bo‘limida o‘yinimiz qovushmadi. Bugun ham birinchi bo‘limda xatolarga yo‘l qo‘ydik.

- Turnir davomida terma jamoamizga barqarorlik yetishmadi. O‘yin 40 daqiqa davom etsa, biz to‘liq o‘yin bir xil tempda o‘ynay olmadik. Bunga sabab nima va muammoni qanday hal etmoqchisiz?
- Fikringizga yuz foiz qo‘shilaman. Barqaror o‘yin namoyish eta olmayapmiz. Agar biz muammoning yechimi topganimizda, allaqachon buni to‘g‘irlagan bo‘lardik. Yagona to‘g‘ri qaror - ishlashda davom etish. O‘yinchilarning charchog‘i ham o‘z so‘zini aytmoqda va biz shu sababli ko‘p rotatsiyaga qo‘l urmoqdamiz. Stabillik yetishmayotgani tufayli o‘yinimizda pasayishlar kuzatilmoqda. Biz buning yechimini imkon qadar tezroq topishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio Lopes: "Bizga barqarorlik yetishmayapti. Ushbu muammoga imkon qadar tezroq yechim topishimiz kerak"