20:55 / 25.07.2024
53

Madrimov—Krouford oqshomining asosiy kard janglari haqida ma’lumot

Madrimov—Krouford oqshomining asosiy kard janglari haqida ma’lumot
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy jangi WBA yo‘nalishida jahon chempioni Isroil Madrimov va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etayotgan Terens Krouford o‘rtasida kechadi.

Turnirning asosiy kard janglari 3 avgustdan 4 avgustga o‘tar kechasi 02:00 da start oladi.

Asosiy kard janglari bilan tanishing:
- Terens Krouford (40-0) – Isroil Madrimov (10-0-1);
- Isaak Kruz (26-2-1) – Xose Valensuela (13-2);
- Endi Ruis (35-2) – Jarrell Miller (26-1-1);
- Devid Morrel (10-0) – Radivoye Kalayjich (29-2);
- Endi Kruz (4-0) – Antonio Moran (30-6-1).

Riyadh Season rahbari Turki al ash-Sheyxning ma’lum qilishicha, reper Eminem turnirning maxsus mehmoni bo‘ladi. Reper asosiy jang oldidan o‘zining bir necha qo‘shiqlarini ijro etadi.

Ash-Sheyx posterni taqdim etdi:

Terens Krouford professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimov—Krouford oqshomining asosiy kard janglari haqida ma’lumot