Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi

Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Parij Olimpiadasida erkaklar o‘rtasidagi boks bahslarida chorakfinal janglariga start berildi.
Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Bu bosqichda bokschilarimiz orasida dastlabki jangni -63,5 kg vaznda Ruslan Abdullayev boshlab berdi. U kanadalik Vayat Sanfordga qarshi bahsning birinchi raundida 3:2 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchi raund xuddi shunday hisob bilan raqib foydasiga hal bo‘ldi.
Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Hal qiluvchi 3-raundda esa hakamlar Sanfordning 4:1 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi va u kamida bronza medalini naqd qildi. Abdullayev 2-raundda ham ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hakamlar qaroriga ko‘ra alamli tarzda turnir bilan xayrlashdi.
Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Ruslan avvalgi bosqich 1/8 finalda meksikalik Migel Anxel Martinesga qarshi ringga chiqib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Parij—2024. Ruslanbek Abdullayev mag‘lubiyatga uchradi
Bugun Lazizbek Mullajonov ham chorakfinal bahsini braziliyalik Keno Mashadoga qarshi o‘tkazadi. Jang taxminan soat 00:50da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempioni Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun kechgan Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri doirasidagi jangda serbiyalik Aleksey Sendrikni mag‘lubiyatga uchratib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylangandi.

Ruslanbek Abdullayev 2002 yil Toshkent viloyati Qibray tumanida dunyoga kelgan. 2023 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar