186
Timur Kapadze Parijdagi tashkilotchilik haqidagi gaplari noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytdi
Bundan bir necha kun oldin O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij-2024 yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ushbu tadbir davomida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan Timur Kapadze Olimpiya o‘yinlaridagi tashkilotchilik masalalari bo‘yicha ham o‘zi fikrlarini bildirdi. Xususan, murabbiy tashkilotchilik masalaridan biroz ko‘ngli to‘lmaganini, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqaning birinchi kunlaridanoq muammolarga duch kelgani haqida gapirdi.
Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Timur Kapadzening fikrlari turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi va uning gaplari noto‘g‘ri talqin qilinayotgani haqida gapirdi.
"Kecha matbuot anjumanidagi gaplarimni internetda noto‘g‘ri talqin qilinayotganiga ko‘zim tushdi. Tarmoqlarda go‘yoki men kimnidir aybdor qilib, yetarli sharoitlar yaratib berilmaganini aytdi, deb yozishibdi.
Shu o‘rinda bu so‘zlarga oydinlik kiritib ketsam, biz bilan bog‘liq yuzaga kelgan barcha vaziyatlar uchun savollar Olimpiadaning mahalliy tashkiliy qo‘mitasiga qaratilgan edi. Olimpiya shaharchasidagi sharoitlarda tashkiliy qo‘mitaning ba’zi kamchiliklarini sanab o‘tgandim. Ba’zilar esa bu fikrlarimni boshqacha talqin qildi. Xorijlik boshqa sportchilar bilan gaplashganimizda ham bu kabi muammolar ularda uchrab turganini aytishdi.
Jamoamiz bilan bir necha bor yirik turnirlarda ishtirok etganmiz, FIFA va OFK miqyosidagi musobaqalarda tashkilotchilik biroz boshqacharoq. Sport vazirligi, O‘FA yoki MOQ tomonidan doim bizga barcha sharoitlar taqdim etilgan. Olimpiadada ham muammolarimiz aynan O‘FA, MOQ hamda Sport vazirligi mutasadillariga murojaatimizdan keyin bartaraf etildi. Shu sababli mening gaplarimni ularga qaratishga urinish umuman noto‘g‘ri", - deydi Timur Kapadze. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?