13:23 / 16.08.2024
312

Svetlana Osipova: “Oyog‘im singanida ruhiy bosim bo‘ldi”

Svetlana Osipova: “Oyog‘im singanida ruhiy bosim bo‘ldi”
Foto: Videodan kadr
Parij Olimpiadasida O‘zbekiston tarixida ilk bor taekvondo sport turida kumush medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi Svetlana Osipova musobaqa taassurotlari va sovrindor bo‘lish sirlari bilan bo‘lishdi.

Hamma sportchilar Olimpiadaga borishni orzu qiladi. Borgach esa yutish haqida o‘ylaydi. Tokio Olimpiadasiga borishni orzu qilganman. Turnirga nafaqat borishni, balki borib, g‘alaba qozonib kelay, deb niyat qilish kerak ekan. Bundan tashqari, o‘zingizga albatta ishonishingiz kerak. Xabaringiz bor, dekabr oyida oyog‘im sinib, ikki oy mashg‘ulotlarda qatnasha olmaganman. Hatto yura olmaganman. O‘sha paytda ruhiy bosim bo‘ldi. Hamma tayyorgarlik ko‘ryapti, men esa yotibman. Ishoning va Xudodan so‘rang bo‘ldi. Mehnat, intizom va murabbiylarning o‘rgatganlariga quloq solish — bo‘ldi”, deydi Parij Olimpiadasi kumush medal sohibi Svetlana Osipova.

Foto: “MOQ”
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham sportchi g‘alabasini e’tirof etib, qo‘ng‘iroq orqali tabriklagan edi.

Sen O‘zbekiston ayollari orasida birinchi bo‘lib taekvondo bo‘yicha Olimpiya medali sovrindori bo‘lding. Barchamiz har bir chiqishingni hayajon bilan kuzatdik. Yuksak jang san’ati va haqiqiy jangchi ruhini namoyish etding. Sen bilan juda faxrlanamiz”, degan edi prezident Svetlana Osipovaga.

Svetlana Osipova 2000 yil 3 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Jahon va Osiyo chempionati sovrindori.

+67 kg vazn toifasida Olimpiada ishtirok etgan Svetlana Osipova finalda fransiyalik Altea Loranga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Unga davlat tomonidan 100 ming AQSH dollari pul mukofoti, mashina va uy sovg‘a qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Svetlana Osipova: “Oyog‘im singanida ruhiy bosim bo‘ldi”