11:14 / 19.08.2024
55

“Roma” 7 futbolchi bilan xayrlashadi. Ular orasida Shomurodov ham bormi?

“Roma” 7 futbolchi bilan xayrlashadi. Ular orasida Shomurodov ham bormi?
Italiyaning “Roma” klubi murabbiyi Daniyele de Rossi yangi mavsumda rejalaridan o‘rin olmagan futbolchilar ro‘yxatini klub rahbariyatiga taqdim etgan.

Insayder Nikola Skiraning ma’lumot berishica, klub ushbu yozgi transfer oynasida xayrlashishga tayyor bo‘lgan futbolchilar 7 nafarni tashkil etadi. Ular orasida hujumchilar Eldor Shomurodov, Paulo Dibala, Temmi Abraham, yarim himoyachilar Nikola Zalevski, Edoardo Bove hamda himoyachilar Kris Smolling va Rik Karsdroplar bor.

Rimliklarning barcha o‘yinchilarga takliflari bor, masalan, “Al-Qodisiya” klubi Dibalani sotib olmoqchi, Abrahamga ham Yevropa jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Eldor Shomurodov yangi mavsumni ijara asosida “Verona”da yoki MLS ishtirokchisi “Atalanta Yunayted” safiga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.

18 avgust kuni Rim klubi “Kalyari” mehmoni bo‘ldi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi. O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov qaydnomadan o‘rin oldi, ammo maydonga tushmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” 7 futbolchi bilan xayrlashadi. Ular orasida Shomurodov ham bormi?