51
Ravshan Ermatov: Muammolar boshqalarda ham bor edi, lekin ular oltin medalni qo‘lga kiritdi
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda so‘z olgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasining natijalari va Timur Kapadzening gaplariga to‘xtalib o‘tdi:
“Timur Kapadze aytgan muammolar? Boshqalarda ham juda ko‘p muammolar bor edi. Bu dastlabki kunlarda sodir bo‘ldi. Futbolda ehtiros kuchli bo‘ladi va Kapadze bir oz hissiyot bilan gapirdi. Boshqalarda ham bu muammo bor edi, lekin ular oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Menimcha, bahona qidirishimiz emas, oldinga harakat qilishimiz kerak”.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasida Ispaniya (2:1) va Misr (1:0) terma jamoalariga mag‘lub bo‘ldi hamda Dominikan Respublikasi bilan (1:1) durang o‘ynadi. Jamoa C guruhida 4-o‘rinni egalladi.
Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze esa tayyorgarlikka yetarlicha vaqt bo‘lmagani, ba’zi futbolchilarda charchoq alomatlari sezilgani, tashkilotchilik borasida kamchiliklar to‘g‘risida gapirib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”