
"Paxtakor" futbolchisi Diyor Xolmatov faoliyatini Yevropada davom ettirishga yaqin turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida. Transfer deyarli hal bo‘ldi va tez orada e’lon qilinadi. Xolmatovga bundan oldin Italiyadan qiziqishlar borligi haqida mish-mishlar chiqqandi. Ammo u Niderlandiyaga yo‘l olmoqda.
Diyorbek ushbu mavsum Superligada "Paxtakor" tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta assist amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, "Feyenoord" o‘tgan mavsum chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar