JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning (1:0) eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov bahs haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Yaxshi o‘ynadik deb ayta olmayman, lekin kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Uchinchi bosqich biz uchun oson bo‘lmagan. Uch ochko olishimiz kerak edi. Uchinchi bosqichning bosimi bo‘ladi, shu narsa ta’sir qildi deb o‘ylayman. Keyingi o‘yinlarda muxlislarni yanada ko‘proq xursand qilamiz deb o‘ylayman. Eng asosiysi g‘alabaga erishdik.
- Goldan so‘ng jamoamiz bo‘sh harakat qilgandek ko‘rindi. Bugun muxlislar O‘zbekistonning o‘yinidan maza qilmadi...
- Aytib o‘tganimdek, bugun o‘zimizni ko‘rsata olmadik. Baribir bu bosqichda, ayniqsa uyda hayajon va bosim bo‘ladi. Lekin shunday o‘yinlar, shunday g‘alabalar orqali jahon chempionatiga chiqiladi deb o‘ylayman.
- Keyingi uchrashuvlarda bundan ham qiyin bo‘lishi mumkinmi? Yoki bir yo‘nalishga tushib olgach, barchasi osonlashadimi?
- Uchinchi bosqichda oson terma jamoalar bo‘ladi deb o‘ylamayman. Bunday o‘yinlarda ruhiy tayyorgarliklar muhim ahamiyatga ega. Bo‘shashish kerak emas. Keyin kech bo‘ladi. Murabbiy ham xech qaysi o‘yin oson bo‘lmasligini ta’kidlab kelmoqda. Bugungi o‘yindan muxlislar biroz norozi bo‘lgan bo‘lishlari mumkin, lekin keyingi o‘yinlarda barchasi chiroyli bo‘lishiga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi