19:20 / 06.09.2024
61

Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi Eronga uchralgan mag‘lubityadan so‘ng nima dedi?

Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi Eronga uchralgan mag‘lubityadan so‘ng nima dedi?
Qirg‘iziston terma jamoasi “JCH-2026” 3-saralash bosqichining ilk turida safarda Eronga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Endi 2-turda terma jamoamiz Bishkekda aynan Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi.

Eronga qarshi o‘yindan keyin qirg‘izistonliklar bosh murabbiyi Maksim Lisitsin mag‘lubiyat haqida shunday fikr bildirdi:

"Birinchi bo‘limda bizda ko‘p narsa o‘xshamayotgandi. Lekin vaziyatni to‘g‘rilagan futbolchilarimdan minnatdorman. O‘yinda biroz o‘zgarishlarni amalga oshirganimizdan so‘ng ikkinchi bo‘limda bir qator muhim vaziyatlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

Bizda yaxshi imkoniyatlar bor edi. Biroq foydalana olmaganimiz achinarli. Kojo o‘z imkoniyatini boy berdi. Lekin bu futbol. Keyingi uchrashuvga tayyorlanamiz
", - deydi Lisitsin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi Eronga uchralgan mag‘lubityadan so‘ng nima dedi?