5 sentyabr kuni Osiyo qit’asida JCH-2026 saralash bosqichining uchinchi raundiga start berildi. Ba’zi o‘yinlarda kutilmagan natija qayd etilganidan xabaringiz bor. Quyida bo‘lib o‘tgan e’tiborga molik uchrashuvlardan so‘ng murabbiylar fikrini keltirib o‘tamiz.
A guruhi: Eron, Qatar, O‘zbekiston, BAA, Qirg‘iziston, KXDR.
1-tur. O‘zbekiston - KXDR 1:0
Srechko Katanes (O‘zbekiston bosh murabbiyi): - Yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lsak ham, muhimi g‘alaba qozondik. Agar keyingi o‘yinlarda ham shunaqa o‘ynab g‘alaba qozonsak, bunga rozi bo‘lardim. Chunki futbolda eng muhimi - natija. Asosiy gol urdik va o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik.
Sim Yong Gam (KXDR bosh murabbiyi): - O‘yin kutganimizdan yuqori tempda o‘tdi, afsus gol urmasdan mag‘lub bo‘ldik. Shogirdlarimdan yanada yaxshiroq natija kutgandim. Endi bor e’tiborni keyingi o‘yinga qaratamiz.
1-tur. Eron - Qirg‘iziston 1:0
Amir Galenoi (Eron bosh murabbiyi): - Kichik hisobda g‘alaba qozondik, ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati bizda yaxshi bo‘ldi. O‘ylaymanki, bugungidan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz, ko‘p zarbalar berdik, lekin bitta gol urdik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinga kirishib keta olmadi. Bu esa muammoga aylandi.
Maksim Lisitsin (Qirg‘iziston bosh murabbiyi): - Birinchi taymdagi ishimiz o‘xshamadi, lekin shunga qaramay yigitlarga rahmat aytaman. Bizda ham imkoniyat bo‘lgandi, ammo vaziyatdan foydalana olmadik, bundan esa juda xafaman. Kojo qulay vaziyatdan gol ura olmadi, lekin bu futbol.
1-tur. Qatar - BAA 1:3
Markes Lopes (Qatar bosh murabbiyi): - O‘yinni yaxshi boshladik va gol urdik, lekin yakuniy natija biz kutgandek chiqmadi. Hali barcha oldinda va guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Oldinda 9ta tur bor va bu o‘yinlarda har narsa sodir bo‘lishi mumkin.
Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): - Hal qiluvchi saralashning dastlabki o‘yinida g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu holat keyingi o‘yinlar oldidan ajoyib motivatsiya bo‘ladi. O‘laymanki, g‘alabaga haqli ravishda erishdik. Ayniqsa ikkinchi bo‘limda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatdik.
B guruhi: Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin, Quvayt.
1-tur. Janubiy Koreya - Falastin 0:0
Xong Myung Bo (J.Koreya bosh murabbiyi): - Oxirigacha faqat g‘alaba uchun o‘ynadik, agar birinchi taymda yaxshiroq harakat qilganimizda g‘alaba qozonardik. Albatta, yakuniy hisobdan qoniqmadim. O‘z navbatida munosib qarshilik uchun Falastin terma jamoasiga ham rahmat aytish kerak.
Makrab Dabub (Falastin bosh murabbiyi): - Juda qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Maydonga tushgan barchaga katta rahmat. Safardan bir ochko bilan qaytish yoqimli. Falastin xalqi bu natijadan xursand bo‘ldi, hali ishlashda davom etamiz. Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish.
C guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya.
1-tur. Yaponiya - Xitoy 7:0
Hajime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): - Avvalgi saralash bosqichining ilk turida mag‘lubiyatga uchragandik. O‘sha o‘yin bizga katta dars bo‘ldi. Shu bois Xitoy bilan faqat g‘alabani o‘ylab maydonga tushdik. Men xohlagan barcha futbolchilarni yig‘ib bergani uchun Yaponiya futbol assotsiatsiyasiga rahmat. Biz o‘zimiz xohlagandek o‘yinni o‘tkaza oldik. Dastlabki bahsdagi yirik g‘alaba jahon chempionatiga borishni anglatmaydi, hali qiladigan ishimiz ko‘p.
Branko Ivankovich (Xitoy bosh murabbiyi): - Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri bo‘ldi. Bunaqa yirik hisobda yutqazamiz deb umuman o‘ylamagandim. G‘alaba bilan Yaponiya terma jamoasini tabriklayman. Ular har tomonlama bizdan yaxshi ko‘rindi. Yaponiya - Osiyodagi eng yetakchi jamoalardan biri. Bugun futbolchilar o‘rtasidagi farq ham ko‘zga tashlandi.
1-tur. Avstraliya - Bahrayn 0:1
Grem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi): - Bahrayn 10 kundan beri shu yerda mashg‘ulot olib bordi, bu esa o‘z samarasini berdi. Bizdan ko‘p bora omad yuz o‘girdi. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz va keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Dragan Talaich (Bahrayn bosh murabbiyi): - Barcha shogirdlarimni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uch ochko uchun oxirigacha kurashdik. O‘yinga qo‘yilgan rejamiz ish berdi. Avstraliya - kuchli jamoa, lekin biz ham o‘z kuchimizga ishongandik. Doim oxirigacha kurashamiz.
1-tur. Saudiya Arabistoni - Indoneziya 1:1
Roberto Manchini (Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi): - Dastlabki 30 daqiqadagi harakatimizdan umuman ko‘nglim to‘lmadi. Futbolda vaziyatni golga aylantirmasang - yutmaysan. Oxirgi bir nechta o‘yindan beri bu holat takrorlanyapti. Vaziyatni tezroq o‘nglamasak bo‘lmaydi.
Shin Tae Yong (Indoneziya bosh murabbiyi): - O‘yin boshidan oxirigacha juda qiyin kechdi. Lekin biz gol urib bir ochkoni qo‘lga kirita oldik. Jamoadagi hamma bor kuchini berib harakat qilgani uchun durangga erishdik deb o‘ylayman. Ba’zi vaziyatlarda hatto hujumchilarimiz ham himoyaga qaytib yordam berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi