We Global nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yuqori baholadi

We Global nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yuqori baholadi
Foto: “O‘FA”
Osiyoda futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqichi start oldi. We Global Football portali Osiyo jamoalarining 4 yillikning eng nufuzli turniriga borish imkoniyatini hisobladi.

Manba O‘zbekiston milliy jamoasining JCH—2026 final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyatini 70,3 foizga baholagan. Guruh bahslaridan keyin pley-off bosqichiga yo‘l olishini esa 28,7 foizga baholagan. Milliy jamoaning guruhda qolib ketish imkoniyati esa 1 foizni tashkil etgan. Nashr O‘zbekistonning guruhda birinchi o‘rinni olish imkoniyatini 21 foizdan bir oz yuqori hisoblagan.

Ushbu guruhdan Eronning to‘g‘ridan to‘g‘ri chempionatga borish imkoniyati juda yuqori baholangan — 93,7%. Birinchi turda g‘alaba qozongan BAA (19,5%) bu borada 3-o‘rinda turibdi. Qatarning imkoniyati esa — 16 foiz. KXDR va Qirg‘izistonning mundialga chiqish imkoniyati 1 foizni ham tashkil etmadi.

Osiyo saralash bosqichidagi jamoalarning imkoniyatlari:
We Global nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yuqori baholadi
Foto: We Global
Ma’lumot uchun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi “Bunyodkor”da bo‘lib o‘tgan KXDRga qarshi uchrashuvda minimal hisobda g‘alaba qozondi. Endi ular 10 sentyabr kuni safarda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar