10:13 / 08.09.2024
20

Xaver Mendez: "Jon Jonsni tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri deb atash noto‘g‘ri"

Xaver Mendez: "Jon Jonsni tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri deb atash noto‘g‘ri"
Xaver Mendez og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni amerikalik Jon Jonsni professional faoliyati davomida doping iste’mol qilganlikda ayblangan mashhur velosportchi Lens Armstrong bilan solishtirdi.

"Dana hali ham Jon Jons vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlamoqda. Uning o‘ziga xos asoslari bor. Biroq, bu xuddi Lens Armstrong bilan bo‘lgan holatga juda o‘xshaydi. Armstrong "Tur de Frans" da bir necha bor g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, doping tufayli uning barcha unvonlari tortib olindi.

Hattoki yillar o‘tib qo‘lga olinsa ham, u barcha chempionlik sovrinlarini yo‘qotdi. Jon Jons ham doping bilan qo‘lga tushgan. Shuning uchun, menimcha, uni tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri deb atash noto‘g‘ri
", - deya Xaver Mendez so‘zlarini keltirgan Bloody Elbow.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xaver Mendez: "Jon Jonsni tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri deb atash noto‘g‘ri"