22:47 / 17.09.2024
19

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
Foto: “O‘FA”
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bahslarining 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan bahsda O‘zbekiston Paragvay jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi shiddatli kechdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Paragvay jamoasining 14-raqamli o‘yinchisi ajoyib zarba yo‘llab hisobni ochdi. Bir daqiqa o‘tib mehmonlarning 10-raqamli o‘yinchisi Arnaldo Biaz hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘zbekistonliklarning ustunligida boshlandi. 24-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan paragvayliklar hisobdagi farqni 3 taga yetkazdi. Uchinchi gol muallifi — Fransisko Martines. 26-daqiqada Xavier Salas O‘zbekiston darvozasiga 4-golni kiritdi.

35-daqiqada Husniddin Nishonov Paragvay darvozasini ishg‘ol qildi. Afsuski bu gol uchrashuvdagi so‘nggisi bo‘lib qoldi.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal terma jamoasi yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Futzal. JCH-2024
"Humo" arena
"A" guruhi, 2-tur

O‘zbekiston - Paragvay 1:4
Gollar
: Xorxe Espinosa 16 (0:1), Arnaldo Bayes 17 (0:2), Fransisko Martines 24 (0:3), Adolfo Salas 26 (0:4), Husniddin Nishonov 36 (1:4).

O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Ahmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.

Paragvay: 12.Giovanni Gonsales, 4.Emerson Mendes, 7.Adolfo Salas, 10.Arnaldo Bayes, 11.Fransisko Martines.
Zaxira: 1.Igor Insfran, 2.Alan Roxas, 3.Damyan Maresko, 5.Marsio Ramires, 6.Lukas Suares, 8.Pedro Paskottini, 9.Ugo Martines, 13.Aldo Amarilya, 14.Xorxe Espinosa.

Ogohlantirishlar: Giovanni Gonsalev 14, Husniddin Nishonov 22.

Foto: FIFA
Ma’lumot uchun ushbu guruhdan o‘rin olgan yana bir juftlik — Niderlandiya va Kosta Rika jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Hozirda mezbonlar hisobida 1 ochko mavjud. O‘zbekiston so‘nggi turda Kosta Rika jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 3-turdagi g‘alaba ham jamoani keyingi bosqichga chiqishiga xizmat qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
ePN