08:02 / 26.09.2024
54

Vohid Shamsai O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Vohid Shamsai O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi
Eron futzal terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 final doirasida Marokashga qarshi bahs olib borishidan xabaringiz bor. Uchrashuv bugun soat 17:30 Buxorodagi "Universal sport kompleksida bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasining o‘yin oldidan o‘tkazilgan rasmiy mashg‘ulotidan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Vohid Shamsai O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirib o‘tdi.

"O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalarning natijalari meni xafa qildi. O‘zbekiston terma jamoasidagi bir nechta asosiy futzalchilarning jarohat olgani yakuniy natijaga ta’sir qildi. Ikki mamlakatda ham futzal rivojlanib borayotgani aniq. O‘zbekiston Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgani bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Afsuski, ular keyingi bosqichga chiqa olishmadi, ammo Afg‘oniston pley-offga yo‘l oldi" - deya fikr bildirdi Vohid Shamsai.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vohid Shamsai O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi