Foto: AFP
Qozog‘iston boks federatsiyasi Los-Anjeles – 2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish maqsadida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zoligidan chiqib, yangi tashkil etilgan Xalqaro boks federatsiyasiga (World Boxing) a’zo bo‘lmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Shaxmurat Mutalip ma’lum qildi.
«Hozir boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish masalasi XOQ darajasida muhokama qilinmoqda. Biz boksni Olimpiada oilasida saqlab qolish uchun barcha mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyormiz. Bu qaror boksning keyingi rivojlanishiga ta’sir qilishiga ishonamiz. Butunjahon boks bo‘yicha Olimpiya komissiyasi raisi, Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan uchrashuvda mahalliy boksni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi», dedi mulozim.
Qayd etilishicha, bu qaror mahalliy bokschilarning olimpiya kelajagi bilan bevosita bog‘liq.
2023 yil aprel oyida Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvetsiya va Qo‘shma Shtatlar vakillari yangi xalqaro federatsiya — World Boxing tashkil etilganini e’lon qilishdi. Shuningdek, ular «boshqaruv va halollik» bilan bog‘liq muammolar tufayli IBA a’zoligidan chiqishini e’lon qildi.
Shuningdek, 10 ta mamlakat Toshkentda bo‘lib o‘tgan IBA jahon chempionatini boykot qildi. Keyinroq IBA yettita milliy boks federatsiyasi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda IBA qirqqa yaqin ishtirokchidan ayrilgan. Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) ham noyabr oyida IBA a’zoligidan chiqish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va IBA o‘rtasidagi mojaro bir necha yillardan beri davom etmoqda. XOQ hatto boksni Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi dasturiga kiritmasligi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi