Supergol urgan Fayzullayevning o‘yini qanday baholandi?

1 daqiqa o'qish110
Supergol urgan Fayzullayevning o‘yini qanday baholandi?
Rossiya Premyer-ligasining 10-turida SSKA o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Axmat” jamoasi futbolchilarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yin qahramoni uchta goldan ikkitasida bevosita ishtirok etgan Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz avvaliga hisobni ochdi. “Armiyachilar”ning uchinchi golida raqib futbolchisi Darko Todorovich jarima maydonchasi ichida Abbosbek bilan kurash olib borib, to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Juda faol o‘ynagan Abbosbek Fayzullayev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.

Uchrashuvdan keyin SSKA himoyachisi Danil Krugovoy hujumkor futbolchi pozitsiyasida o‘ynayotgan Abbosbek Fayzzulayevning jamoa uchun qanday ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.
Supergol urgan Fayzullayevning o‘yini qanday baholandi?
- Fayzullayev urgan birinchi gol o‘yinda hammasini hal qilib berdi, goldan keyin biz ochilib ketdik.

Abbosbekning o‘zi shu paytga qadar gol ura olmayotganidan xavotirga tushmagan. U jamoa uchun juda ko‘p ter to‘kyapti.

Ertami, kechmi baribir Abbos to‘p kiritadigan vaziyat yuzaga kelardi. Bu gal gol urishni uddaladi.

Fayzullayev golli paslari va gollarini ikkinchi darajaga qo‘yadi, Abbos uchun jamoaviy o‘yin va harakatlar muhim hisoblanadi
, - dedi Danil Krugovoy.

Ijtimoiy tarmoqlarda SSKA muxlislari ham o‘zbek legioneri o‘yiniga o‘z munosabatini bildirmoqda.
Supergol urgan Fayzullayevning o‘yini qanday baholandi?
Mikredarmy:
Abbosga gap yo‘q!

Slava1973:
Abbos “Axmat”ga gol urdi.

Nikolai230265:
SSKAning barcha muxlislarini g‘alaba, Fayzullayevni gol bilan tabriklayman. Boshqa hujumchilar ham gol urishi kerak edi, bu gal o‘xshamadi.

Firemonster:
“Armiyachilar” ishonchli g‘alaba qozondi. Fayzullayev hammani xursand qildi. Rifatga tezroq tuzalishini tilaymiz.

Run1:
Sharhlovchi faqat Oblyakovni maqtadi. Lekin eng zo‘ri Fayzullayev edi.

Myfathers1:
SSKAga muxlislik qildim. Xudoga shukr, Fayzullayev zo‘r o‘ynayapti.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?