02:18 / 05.10.2024
3

Abduqodir Husanovdan Yevropa miqyosida ajoyib natija!

Abduqodir Husanovdan Yevropa miqyosida ajoyib natija!
Yevropada 20 yoshli markaziy himoyachimiz Abduqodir Husanovning o‘yini, ko‘rsatkichlari, natijalari va salohiyatini keng muhokama qila boshlashdi.

“Ko‘hna qit’a” futbolini yoritib kelayotgan manbalardan biri – allezlens.fr sayti ekspertlari “Top-5” chempionatlardagi eng mustahkam himoya chiziqlarini aniqlab chiqdi.

Unga ko‘ra, “Lans” jamoasi himoyasi eng zo‘rlari qatoridan joy oldi. Lansliklar chempionatning oltita o‘yinidan to‘rttasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Ikkita o‘yinda esa, raqiblar Bris Sambani o‘z ortidan to‘p olib chiqishga majbur qilgan. Gollardan biri penaltidan kiritildi.

Abduqodir Husanov markaziy himoyachi sifatida orqa chiziqdagi sheriklarini juda yaxshi boshqarib kelmoqda. Legionerimizning o‘z pozitsiyasidagi ishonchli o‘yini samarasida “Lans” chempionatda eng kam o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘lib turibdi.

- Joriy mavsumda “Lans” himoyasining mustahkamligini quyidagi kvartet – darvozabon Bris Samba, himoyachilar – Abduqodir Husanov, Jonatan Gradit va Fakundo Medina ta’minlab turibdi.

“Lans” oltita uchrashuvdan to‘rttasini sovrinli o‘rinlar va Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmalari uchun kurashadigan kuchli jamoalar – “Monako”, “Renn” “Lion” va “Nitssa”ga qarshi o‘tkazgan bo‘lsa-da, ko‘p gol qo‘yib yuborgani yo‘q va hali mag‘lubiyatga uchramagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Lans” Yevropada yetakchi jamoalar qatoriga kiradi, - deb yozmoqda allezlens.fr sayti.

Yevropaning “Top-5” chempionatlari musobaqa jadvaliga nazar solsak, “Yuventus” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan yagona jamoa ekani ko‘zga tashlanadi. Turinliklar Italiya A Seriyasidagi oltita o‘yinda uchtadan g‘alaba va durang qayd etgan va to‘qqizta gol urgan holda, hali gol o‘tkazgani yo‘q.

Italiyada “Empoli” himoya chizig‘ida juda tartibli o‘yin ko‘rsatmoqda. Hali mag‘lubiyatga uchramagan bu klub darvozaboni Devis Vaskes atigi ikki marta ojiz qoldi. Shu ikki to‘pdan birini “Roma”dagi hujumchimiz Eldor Shomurodov kiritgani ahamiyatli.

Germaniyada “Leypsig” himoya chizig‘ini metindek tutib turibdi. Bu jamoa beshta uchrashuvda uchta g‘alaba va ikkita durangga erishgan. “Leypsig” darvozasini faqatgina amaldagi chempion “Bayer” ikki bor ishg‘ol qila olgan xolos. Biroq Leverkuzendagi bahsda “Leypsig” ikkita to‘p o‘tkazganiga qaramay, bellashuvni 3:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Angliya chempionatida “Liverpul” darvozasiga yo‘l topish oson bo‘lmayapti. Yangi mavsumda “Nottingem” va “Vulverxempton” futbolchilari “qizillar”ni bir marotabadan ojiz qoldirdi.

Ispaniya futboli keskin va hujumkor. Shu bois, La Liga gollarga boy. Bu chempionatda eng kam gol o‘tkazgan jamoa “Atletiko” bo‘lib turibdi. Yan Oblak sakkizta uchrashuvda to‘rt marta zarbalarni bartaraf etolmay qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovdan Yevropa miqyosida ajoyib natija!
ePN