Kamaru Usmanga "vizov" tashlandi...

Kamaru Usmanga "vizov" tashlandi...
Yarim o‘rta vazndagi UFC jangchisi Xoakin Bakli (20-6) sobiq chempion Kamaru Usman (20-4)ni jangga chorladi.

"Ayni paytda 5 ta g‘alabali seriyaga egaman. Menimcha, bu yaxshi. Agar Kamaruga qarshi oktagonga chiqib, uni mag‘lub etsam, keyingi jangimda chempionlik uchun kurashaman. Shu sababli, keling Usman, barchasini hal qilib olaylik", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie".

Eslatib o‘tamiz, "UFC 307" turnirida Xoakin Bakli Stiven Tompsonni 3-raundda nokautga uchratdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar