12:40 / 09.10.2024
127

Vlado Radmanovich: “Eronga qarshi tarkib va rejani Katanets hal qiladi”

Vlado Radmanovich: “Eronga qarshi tarkib va rejani Katanets hal qiladi”
Foto: “OʻFA”
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich hamda jamoa hujumchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

Ertaga Eron bilan oʻynaymiz. Ushbu jamoa bilan oʻyin doimo qiziq va qiyin boʻlgan. Sababi Eron Osiyodagi etakchi jamoalardan biri. Biz ular bilan koʻp bora toʻqnash kelganmiz va ular haqida koʻp narsa bilamiz. Afsuski, Katanets sogʻligidagi muammo sabab qatnasha olmayapti. Biz uning yoʻqligini bildirmaslikka harakat qilamiz”, dedi murabbiy.

Foto: “OʻFA”
Jaloliddin Masharipov ham oʻyin oldidan fikr bildirdi.

Eronga qarshi oʻyin oldidan koʻp gapirish shart emas. Rostdan ikki jamoa ham bir-birini yaxshi biladi. Eng keraklisi, ertangi oʻyinda biz kerakli natijani qoʻlga kiritishga harakat qilamiz, bunga tayyormiz. Muxlislarni xursand qilamiz deb umid qilamiz”, dedi futbolchi.

Murabbiy oldinda turgan oʻyin oldidan qanday taktika tanlashi haqida aytdi.

Eronga qarshi oʻyinda qanday taktika kutamiz? Oʻyinga taktikani ertangi oʻyin oldidan mashgʻulotda futbolchilarning jismoniy va psixologik holatidan kelib chiqqan holda tanlaymiz. Hujumkor yoki himoyaviy oʻyin koʻrsatishimiz oʻshanda ma'lum boʻladi. Bizda 2-3 ta taktik sxemalar mavjud. Biz ertaga 3 yoki 4 himoyachi bilan oʻynashimiz mumkin. Hujumchilar borasida ham bitta yoki 2 hujumchi bilan oʻynash variantini koʻrib chiqamiz.

Oston Oʻrunov bilan ham hammasi joyida. Legionerlar bilan muammolar yoʻq. Ularning oʻyin amaliyoti, jismoniy holati yaxshi
”, dedi murabbiy.

Foto: “OʻFA”
Yordamchi murabbiy ertangi oʻyinga taktika va tarkib kim tomonidan tuzilishi haqida ham toʻxtaldi.

Srechko Katanets bilan doimiy aloqadamiz. Albatta, oʻyinga taktika va tarkibni u hal qiladi. Uchrashuv davomida ham u bilan aloqada boʻlamiz. Oʻyin davomida oʻzgarishlar kiritishni ham u bilan hal qilamiz”, deydi Katanetsning yordamchisi.

Jaloliddin Masharipov oʻtgan oʻyinlardagi natijalar haqida fikr bildirdi.

Shimoliy Koreyaga va Qirgʻizistonga qarshi oʻyinlarda individual mahorat evaziga yutdik deb oʻylamayman. Sababi barcha gollarni mashgʻulotlarda ishlaganmiz va barchasi oʻylangan taktikalar edi”.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston — Eron uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport