Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Mehmonlar esa bir kishi kam bo‘lib qolishgandi.
Ushbu bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida termamiz ustozi Vlado Radmanovichning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Barchaga xayrli kech. Biz bu bellashuv juda qiyin o‘tishini bilardik. Sababi, Eron Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Uchrashuv o‘ta ochiq bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, qiziqarli bellashuv guvohi bo‘ldik.
- Biz o‘yindan o‘yinga kuchayib boraveramiz. Sababi, yana 7 ta bellashuv bor va ularning har biri juda muhim hisoblanadi. Muxlislar xuddi bugun bo‘lgani kabi keyingi uchrashuvda ham bizni qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddaman.
- Murabbiylar uchun hakamlar haqida gapirish xato deb hisoblayman. Murabbiylar o‘z ishini va hakamlar o‘z ishini qilgani ma’qul.
- Mazkur bahs davomida janob Katanes bilan doimiy aloqada bo‘ldik. Biroq Srechko shu yerda bo‘lganida hammasi yaxshiroq bo‘lar edi.
- Terma jamoada futbolchilar bilan ishlash uchun, ularni yetarlicha tayyorlash uchun vaqt kam. Termada biz ularni faqat taktik tomondan tayyorlashimiz mumkin.
- To‘g‘risi, taktika haqida bu yerda gapirishni xohlamayman. Bilasiz, bizda bir muammo bo‘ldi. Bu Oston O‘runovning jarohati. Aytish kerak, bizda bu kabi futbolchilar ko‘p emas. O‘yinni kuchaytirishga harakat qilgan bo‘lsak ham bu foyda bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?