07:31 / 11.10.2024
117

Jaloliddin Masharipov: "Muxlis bilan urushmadim, aksincha, bizni qo‘llab-quvvatlanglar dedim"

Jaloliddin Masharipov: "Muxlis bilan urushmadim, aksincha, bizni qo‘llab-quvvatlanglar dedim"
O‘zbekiston termasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Guruhdagi eng kuchli ikkita terma o‘ynadi. Asosiy vazifa - g‘alaba edi. Eronni yutib, muxlislarni xursand qilmoqchi bo‘lgandik. Lekin muhimi birinchi o‘rinda qoldik. Xudo xohlasa, jahon chempionatiga chiqqunimizcha shu o‘rinni ushlab qolmoqchimiz.

- Birinchi daqiqalarda yiqilib tushdingiz-ku, o‘shanda inersiya orqali yiqildingizmi yoki kontakt bo‘ldimi?
- Kontakt ham bor edi. Lekin bu vaziyatni ko‘rishim kerak.

- O‘yindan keyin muxlislar bilan tortishib ketdingiz.
- Yo‘q, bir muxlis futbolchilarga qarab, ko‘p baqirdi. Nega norozi bo‘lasizlar, oddiy termaga qarshi o‘ynamadik, aksincha bizni qo‘llab-quvvatlanglar deb aytdim. Chunki yigitlar bugun 100 foiz borini berdi va pozitsiyani ushlab qolish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qildi.

- Bobir Abdixoliqov maydonga tushganida balki termamiz g‘alaba qozongan bo‘larmidi?
- Xudoni aytgani bo‘ladi. Agarda peshonada g‘alaba yozilgan bo‘lsa, Bobirsiz ham yutgan bo‘lardik.

- BAAga qarshi o‘yindan nima kutyapsiz?
- Shu kuni ham faqatgina 3 ochko uchun maydonga tushamiz.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?
- O‘yin videosini ko‘rib chiqishimiz kerak. Bir-ikki vaziyatlarda o‘yinni to‘xtatganini hisobga olmasak, bugun u o‘yinga qo‘yib berdi.

- Abbos Fayzullayevning chiqib ketgani qanday qaror bo‘ldi?
- Endi kim zaxiraga olinishini biz aytmaymiz. Buni murabbiylar hal qiladi. O‘rniga Oston tushdi. Agarda u yuz foiz tayyor bo‘lganida termaga katta effekt berardi.

- Srechko Katanes o‘yindan oldin onlayn tarzda suhbat olib bordimi?
- Albatta, o‘yindan oldin onlayn tarzda barchasini aytib turdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "Muxlis bilan urushmadim, aksincha, bizni qo‘llab-quvvatlanglar dedim"