
Foto: RIA
Braziliya prezidenti Lula da Silva xorijda oʻynayotgan futbolchilarni terma jamoaga chaqirmaslikni soʻradi.
“Chet elda oʻynayotganlar bu erdagilardan ustun emas. Braziliyada ham xorijda toʻp surayotgan futbolchilardek yaxshi oʻyinchilar bor”, dedi davlat rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda xorij jamoalarida “Garrincha ham, Romario ham yoʻq, faqat hali yulduz boʻlib ulgurmagan bir guruh yosh futbolchilar bor”.
Davlat rahbari yaqinda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti bilan uchrashib, jamoaga faqat Braziliyadan futbolchilarni chaqirishni taklif qilganini ta'kidladi.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi Janubiy Amerika zonasida futbol boʻyicha 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bahsida Chilini 2:1 hisobida magʻlub etgandi. Gollarga milliy chempionatda toʻp surayotgan Luis Enrike va Igor Jezus mualliflik qildi.
Ma'lumot uchun, Vinisius (“Real Madrid”), Rodrigo (“Real Madrid”), Militao (“Real Madrid”), Neymar (“Al-Hilol”), Alisson Bekker (“Liverpul”), Rafinya (“Barselona” kabi tajribali futbolchilar legioner sifatida Braziliyadan tashqarida oʻynamoqda. Agar prezident taklifi inobatga olinadigan boʻlsa, bu futbolchilar terma jamoaga chaqirilmasligi mumkin “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar