07:18 / 14.10.2024
174

Osiyo jamoalarining JCh-2026ga chiqish imkoniyati baholandi...

Osiyo jamoalarining JCh-2026ga chiqish imkoniyati baholandi...
Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 3-tur oʻyinlaridan keyin We Global Football portali jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyati foizlarini yangiladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasining 3-turda Eron bilan durang (0:0) qayd etganidan keyin A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga koʻtarilgan. Ya'ni imkoniyat 7 foizga oshgan. Bu borada mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun da'vogarlar orasida 4-oʻrinda qayd etilgan.

2-turda Qirgʻiziston ustidan erishilgan gʻalabadan keyin Oʻzbekistonning imkoniyati 70,3 foizdan 75,9 foizga koʻtarilgan, pley-off orqali yoʻllanmaga ega chiqishi 23,8 foizga baholangan, JCh-2026ga bora olmasligi esa 1 foizdan 0,4 foizgacha tushirilgan edi.

A guruhidan Eronning JCh-2026ga toʻgʻridan-toʻgʻri borish imkoniyati eng yuqori baholangan – 98%. Forslarning imkoniyati avvalgi turdan keyin bir foizga – 97%dan 98%ga oʻsgan.

Oʻzbekistonning boʻlajak raqibi BAAning 2-turdagi magʻlubiyatidan keyin imkoniyati 15,5 foizgacha pasaytirilgan edi, KXDR bilan durangdan keyin yana pasaydi. Qatarning imkoniyati esa 2-turdan keyin 16 foizdan 11,2 foizgacha tushirilgan edi, Qirgʻiziston ustidan gʻalabadan keyin 11,4%ga koʻtarilgan.

Portal Osiyodan Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyaning JCh-2026ga yoʻllanma olishiga deyarli shubha qilmayapti.

Osiyo JCh-2026 saralash bosqichidagi jamoalarning imkoniyatlari:

1. Yaponiya - 99.99 %

2. Eron - 98.0 %

3. Janubiy Koreya - 97.5 %

4. Oʻzbekiston - 82.8 %

5. Iroq - 61.5 %

6. Avstraliya - 57.8 %

7. Saudiya Arabistoni - 31.2 %

8. Iordaniya - 29.0 %

9. Ummon - 11.6 %

10. Qatar - 11.4 %

Eslatib oʻtamiz, JCh-2026 uchun Osiyoga 8,5 oʻrin ajratilgan. Uchta guruhdan 2tadan jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-oʻrindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yoʻllanma uchun kurash olib boradi. Oʻzbekiston A guruhida Eron bilan bir xil ochko (7) jamgʻarib, qoʻshhokimlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport