
Taniqli futbol mutaxassisi, Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Igor Shkvirin BAA bilan oʻyin oldidan imkoniyatlarni baholadi.
"Barchasini avvalgi bosqichdan boshlasak. Eron bilan ilk saralashdagi oʻyinda 0:2 hisobida yutqazayotib iroda koʻrsatgan edik. Mehmonda durang oʻynab qaytilgan. Koʻringandiki, futbolchilar faollikni oshirishi va yarim himoyachilarning tezkor qarorlari hisobiga vaziyatdan chiqib ketishgandi. Terma jamoada xarakter bor. Endi esa bu bosqichdagi dastlabki ikki bahsga e'tibor qaratamiz. KXDRni 1:0 hisobida taslim qildik. Himoyada jarima maydonchasi ichida xatolar kuzatildi. Ular penaltini ura olishmadi. Lekin yaxshi qarshilik koʻrsatdi. Qirgʻiz Respublikasi ustidan gʻalaba qozondik. Ammo 2 ta gol oʻtkazib yuborganimiz yoqimli boʻlmadi. Biz oʻyinni mutaxassis sifatida koʻramiz. Bu esa boshqalarnikidan farq qilishi tabiiy.
Eron bilan bitta Masharipovda gol urish uchun imkoniyat boʻldi va bu yagonaligicha qoldi. Gol oʻtkazmaslik uchun oʻynagandek taassurot qoldirishdi. Balki ruhiy holat shunga mos kelgandir yoki koʻrsatma. Sardor Azmun bitta vaziyatda haqiqiy hujumchilardek oʻynadi. Darvozabonimiz toʻplarni qaytardi. Agarda, BAA bilan ham bunday oʻynasak birinchi oʻrindan tushishimiz mumkin. Nima uchundir avvalgi tsikldagi Eronga qarshi qilgan oʻyinimizni koʻrsata olmadik. Xatolardan kerakli xulosalarni chiqarilmasa qimmatga tushadi. Guruhda esa raqobat kuchli. Har qanday holatda terma jamoamizga omad tilayman ",- deydi Igor Shkvirin.
O'zbekiston yangiliklari Taniqli futbol mutaxassisi Igor Shkvirin BAA bilan o‘yin Imkoniyatlar Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar