00:30 / 21.10.2024
10

Bunaqasini Husanovdan hech kim kutmagan edi...

Bunaqasini Husanovdan hech kim kutmagan edi...
Fransiya chempionatining sakkizinchi turida “Lans” futbolchilari safarda “Sent-Eten” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib keldi. Bu g‘alaba lansliklarning yuqori o‘rinlar uchun da’vogarlik qilishiga imkon yaratdi.

Bu bahsda Abduqodir Husanov joriy mavsumda ilk bor yangi pozitsiyada to‘p tepdi. Kevin Dansoning tarkibga qaytishi munosabati bilan Uill Still boshchiligidagi murabbiylar shtabi himoya chizig‘ida o‘zgarish qildi.

Shu paytga qadar himoya markazida o‘ynab, orqa chiziqni boshqarib kelgan o‘zbek legioneri o‘rnini Kevin Dansoga bo‘shatib berdi va o‘zi o‘ng qanotga o‘tdi.

Aslida 20 yoshli futbolchimiz universal himoyachi hisoblanadi va joy tanlamaydi. Buni o‘tgan mavsumda ham namoyish qilgan. Debyut mavsumidayoq Abduqodir 15 ta uchrashuvdan sakkiztasida o‘ng qanotda, to‘rt marotaba himoya markazida va uch bor chap qanotda o‘ynagan.

Husanov “Sent-Eten”ga qarshi o‘ng qanotda harakat qilgan bo‘lsa-da, an’anani davom ettirgan holda yana “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Husanov yangi pozitsiyada ham eng zo‘r o‘yinchi bo‘lishini hech kim kutmagan edi...

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com sayti uchrashuvdan keyin eng yaxshi o‘yinchini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz yana eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
- Abduqodir Husanov: 40,31%
- Endi Diuf: 22,44%
- Kevin Danso: 11,11%
- Adriyen Tomasson: 7,41%
- Pshemislav Frankovski: 7,19%
- Boshqalar: har biri 5 foizdan kam.

LENSOIS.COM izohi:
Sent-Etendagi uchrashuvda Abduqodir Husanov futbolchi sifatida yangi qirralarini namoyish qildi. U himoyachidan hujum uyushtira oladigan o‘yinchiga aylandi.

Uchrashuv davomida oldinga uzatilgan aniq paslari, to‘p bilan ishlash qobiliyati, kuchli zarbasi, jarima zarbalari ijrosi bilan ajralib turdi.

20 yoshli himoyachi “Lans”ning har bir o‘yinida o‘ziga bo‘lgan ishonchini namoyish qilmoqda va har gal uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lyapti. Kevin Dansoning safga qaytishi bilan Husanov Jonatan Graditning o‘ng qanotdagi joyini egalladi. Uning o‘yini yuqori darajada ekanini inobatga olib, bosh murabbiy Uill Still o‘zbek legionerini asosiy tarkibdan chiqara olmasligiga amin bo‘ldik.

Bir so‘z bilan aytganda, Husanov o‘zining universalligi va har qanday pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyati bilan bir necha mavsum porlab kelgan Jonatan Gradit – Kevin Danso – Fakundo Medine triosiga barham berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bunaqasini Husanovdan hech kim kutmagan edi...