
"Istiqlol" hamda "Al Nassr" o‘rtasida o‘tkaziladigan OFK Elit Chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvidan avval Eron klubi yetakchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Al Nassr" yaxshi jamoa, futbolchilari ham kuchli. O‘zim shu jamoa sharafini himoya qilganman. Bu klub bilan ko‘plab xotiralarim saqlanib qolgan. Ammo "Istiqlol" ham kuchli ekanligini, jamoada mahoratli futbolchilar borligini unutmaslik kerak. Biz Dubayga (o‘yin Dubayda bo‘lib o‘tadi) "Al Nassr"ni yengib, muxlislarni xursand qilish uchun keldik.
"Istiqlol" muxlislari zafar quchishimizni kutishyapti. Dubayda eronliklar ko‘pligidan xabarim bor, shunday ekan "Istiqlol" bu yerda yolg‘izlanib qolmaydi. Ertaga muxlislarimiz g‘alabamizni stadionda nishonlaydi deb umid qilaman. Eronga 3 ochko bilan qaytishga harakat qilamiz" - dedi Masharipov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar