
La Liganing 11-turida “Barselona” ashaddiy raqib “Real” maydonidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan qaytdi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘yindan keyin g‘alaba bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Bu uchrashuvda hech kimga oson bo‘lgani yo‘q, lekin biz juda yaxshi himoyanalandik. Tanaffusda men shogirdlarimga pressingni davom ettirish lozimligi va to‘pni nazorat qilishni tayinladim.
Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Chunki zo‘r o‘ynadik, men jamoam bilan faxrlanaman, ayniqsa, g‘alabada darvozada juda ishonchli o‘ynagan Inyaki Penyani alohida tilga olish lozim.
Biz darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik va bu juda muhim jihat. O‘yinchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortdi va bu juda yaxshi holat, - dedi Xans-Diter Flik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar