23:48 / 01.11.2024
60

Yengilmas “monstr” Ahmadaliyevdan qocholmaydigan bo‘ldi!

Yengilmas “monstr” Ahmadaliyevdan qocholmaydigan bo‘ldi!
Butunjahon boks assotsiatsiyasi ikki superbokschi – yaponiyalik Naoya Inoue va o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasida jang tashkil etishga qaror qildi.

Xalqaro tashkilot yengilmas yapon jangchisiga o‘z chempionlik kamarini avstriyalik Sem Gudmandan himoya qilishiga ruxsat berdi. Biroq Inouega jiddiy shart ham ham qo‘yildi.

Agar u o‘z kamarini muvaffaqiyatli qila olsa, to‘rt oy ichida Murodjon Ahmadaliyev bilan jang o‘tkazishi belgilandi.

Inoue va Gudman o‘rtasidagi chempionlik jangi 24 dekabr kuni Tokioda tashkil etiladi. Inoue hozirga qadar professional ringda 28 ta jang o‘tkazib, barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 25 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

O‘z navbatida, WBA Murodjon Ahmadaliyevga ham shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Inoue bilan jangda ishtirok etishi uchun 14 dekabrga belgilangan vaqtinchalik titul uchun to‘qnashuvda meksikalik Espinoza Frankoni mag‘lub etishi talab qilinadi.

29 yoshli Murodjon Ahmadaliyev professional ringda 12 ta jangda zafar quchgan, raqiblarini9 marotaba nokaut qilgan va bir marta imkoniyatni boy bergan. Uning bo‘lajak jangdagi raqibi Espinoza hisobida 30 ta g‘alaba (25 ta nokaut) va to‘rtta mag‘lubiyat bor.

Ta’kidlash joizki, Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inoueni bir necha marotaba o‘zaro jang qilishga chorlagan edi. Biroq yaponiyalik bokschi takliflarga javob qaytargani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas “monstr” Ahmadaliyevdan qocholmaydigan bo‘ldi!