23:32 / 10.11.2024
19

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi davrada bor-yo‘g‘i 7 ochko ishladik"

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi davrada bor-yo‘g‘i 7 ochko ishladik"
Superliga 24-tur doirasidagi "Andijon" — "Qizilqum" o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi bahs katta ahamiyatga ega ekanligi aniq edi. Bugun g‘alaba qozona olgan jamoa musobaqa jadvalida ancha yuqorilab olardi. Raqib bugun tartibli himoyalandi va ko‘proq qarshi hujumlarga suyandi. Bitta xato barchasini hal etishi mumkin edi. Afsuski, bugun ham gol ura olmadik. Himoyada xato qilmaganimiz meni xursand qildi, lekin raqib vaziyatlarga ega bo‘ldi. Bugungi natijani adolatli deb o‘ylayman", - dedi Aleksandr Xomyakov.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldi?
- Bizga qanotdagi kreativlik yetishmadi. Maydon markazi orqali hujum qilish xavfli edi. O‘zgarishlar esa o‘yinimizni kuchaytirdi deya olmayman. Bugungi o‘yin natijasini zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilar hal etishi mumkinligini barchaga aytgan edim. Afsuski, bunday qila olmadik.

- Mavsum yakunlanib bormoqda. "Andijon" esa ochkolarni yo‘qotishda davom etmoqda. Rahbariyat, muxlislar va futbolchilarni bu jihat xavotirlantiryaptimi?
- Albatta. Biz ikkinchi davrada bor-yo‘g‘i 7 ochko ishladik va bitta g‘alaba qozondik, xolos. Bu bizni xavotirlantirayotgani aniq.

- Ancha vaqtdan buyon maydonga tushmayotgan yoki so‘nggi daqiqalarda o‘z imkoniyatiga ega bo‘layotgan Luka Zgurskiy bugun asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- "Qizilqum" uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynaydigan jamoa edi. Zgurskiy markaziy himoyachilarning e’tiborini tortishi kerak edi. Ikkinchidan, u so‘nggi mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi tomonlama namoyish etgandi. Shu sababli, unga ishonch bildirgandim. Luka juda yomon o‘ynadi deya olmayman. To‘g‘ri, hujumchi gol urishi kerak, ammo biz bugun deyarli vaziyatlar yarata olmadik.

- Keyingi mavsumda Vitaliy Levchenko "Andijon" jamoasida ish boshlashi mumkin degan xabarlar tarqaldi. Bundan xabardormisiz?
- Mendan so‘rayapsizmi? Bu menga bog‘liq emas. Natijalar yaxshi bo‘lmayapti, lekin barchasi rahbariyatga bog‘liq. Barchasi rahbariyatning qaroriga ko‘ra bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi davrada bor-yo‘g‘i 7 ochko ishladik"