
Italiya chempionatida yana bosh murabbiy iste’fosi kuzatildi. “Roma” bir yarim oy muqaddam ish boshlagan xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurichni iste’foga chiqardi.
Bunga A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan uchrashuv sabab bo‘ldi. “Bo‘rilar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Bolonya”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov 58-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoasining o‘yinini kuchaytira oldi va har ikki golda bevosita ishtirok etdi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan vocegiallorossa.it portali “Roma” futbolchilarining uchrashuvdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.
Svilar 5: “Bolonya”ning uchinchi golida darvozabonning yaqqol xatosi bor.
Manchini 6: Boshida yaxshi himoyalandi. Lekin rimliklar darvozasiga kiritilgan birinchi golga u ham javobgar. Ikkinchi bo‘limda El-Shaaraviga golli pas uzatdi.
Ndika 5,5: O‘yin avvalida raqib o‘yinchisi Santyago Kastroga qarshi yaxshi o‘ynadi. Biroq keyinchalik qiyinchiliklarga duch keldi.
Anjelino 5: Hujumlarga yaxshi qo‘shildi. Rimliklarning ikkinchi golida ishtirok etdi. Lekin himoyalanishda yetarli darajada ishonchli o‘ynamadi.
Chelik 4: O‘yinda umuman o‘zini ko‘rsata olmadi. 61-daqiqada o‘rnini Dalga bo‘shatib berdi.
Dal 6: Ancha faol o‘ynadi. Ishlari yurisha boshlaganga o‘xshaydi.
Kristante 4: Urinishlariga qaramay, kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Boshqa jamoadoshlari kabi ancha bo‘sh harakat qildi.
Kone 5: Uning harakatlari evaziga “Roma” birinch bo‘limda gol urishga yaqin keldi. Suleni qulay pozitsiyaga chiqardi.
El-Shaaravi 7: Birinchi bo‘limda deyarli ko‘rinish bergani yo‘q. Lekin o‘yinning ikkinchi yarmida ikkita gol bilan jamoani jonlantira oldi.
Sule 3: Yana bir o‘ta bo‘sh o‘yin. Oldingi chiziqda hech narsa qila olmadi va 58-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Shomurodov 6: Juda faol o‘ynadi, yengil harakatlandi va rimliklarning har ikki golida bevosita ishtirok etdi. El-Shaaravining ikkinchi goliga assistent bo‘ldi.
Pizilli 5,5: O‘yinni yaxshi boshladi, uzoq masofadan kuchli zarba berdi, lekin goldan darak yo‘q. 61-daqiqada o‘rnini Baldansiga bo‘shatdi.
Baldansi 5,5: Bor kuchi bilan o‘yinni kuchaytirishga harakat qildi. Biroq jamoasiga yetarli darajada yordam bera olmadi.
Dovbik 3: Maydonda umuman ko‘rinmay qoldi.
Yurich 3: “Roma” shu kuni yana cho‘kdi. Bu mutaxassis jamoa o‘yinchilari bilan yetarli darajada munosabat o‘rnata olmadi. Mag‘lubiyatlar uning zimmasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar