
JCh-2018 turnirida saralash bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Angliya va Malta terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi.
Unda 2:0 hisobi qayd etilib, inglizlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 29-daqiqasida Daniel Starrij hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Dele Alli hisobni oshirdi.
Mazkur o‘yinda Angliya termasini Garet Sautgeyt maydonga olib chiqdi. U iste’foga chiqarilgan Sem Ellardays o‘rnini egallab, vaqtincha bosh murabbiy bo‘lgandi. Uning debyuti olmadli chiqdi.
JCh–2018 saralashi. UEFA. “F” guruhi, 2-tur
Angliya – Malta 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 29 Starrij, 2:0 – 38 Alli.
Angliya – Xart, Stounz, Bertran (Rouz, 19), Uoker, Keyxill, Alli, Xenderson, Lingard, Uolkott (Reshford, 68), Starrij (Vardi, 74), Runi.
Malta – Xogg, Kamilleri, Muskat, Borg, Adjius, Kristensen, Muskat, Fenech, Shiberras, Effiong (Mifsud, 76), Shembri (Muskat, 86).
Ogohlantirish: Borg (55).
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing