O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va terma yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov KXDRga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Aytish mumkinki, birinchi uchrashuvdan so‘ng bizda tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. 4 kun ichida futbolchilarning barchasi tayyorgarlikni davom ettirishdi. Faqat maydon masalasida muammoga uchradik, maydon holati yaxshi emasdi. Shunga qaramay, ertaga bizni muhim bahs kutib turibdi. Biz ijobiy natija uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.
Saralash doirasidagi barcha 10 ta uchrashuvni yo‘qotishlarsiz o‘tkazishning iloji yo‘q. Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi deb o‘ylayman. Ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari kerak", – dedi Katanes.
"Murabbiy aytganidek, hammamiz o‘zimizga kelib oldik. Navbatdagi uchrashuvga tayyormiz. Maydon bilan bog‘liq kichik muammo kuzatildi, biroq hozir bunga ahamiyat beradigan payt emas. Buyog‘iga eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. Oldimizdagi maqsad – faqat g‘alaba.
O‘ylaymanki, ertangi uchrashuvga tayyormiz. Kuchli terma jamoalar bunday jarayonni boshdan kechirib turadi. Yigitlar bilan gaplashdik. Birinchi uchrashuvni tezda esda chiqargan holda navbatdagi bahsga e’tibor qaratish lozim. Kuchli terma jamoa hech qachon ketma-ket ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchramaydi. Biz kuchli terma jamoamiz. Buni ertangi o‘yinda ko‘rsatib, muxlislarni 3 ochko bilan xursand qilamiz", – dedi Masharipov.
Eslatib o‘tamiz, KXDR – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga Yangi Laos Milliy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)