19:02 / 20.11.2024
12

JCH—2026 saralashi. Sofascore 6-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi

JCH—2026 saralashi. Sofascore 6-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi
Osiyo mintaqasidagi Jahon chempionati saralashining 6-turidan keyin Sofascore uchrashuvlarda eng yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani e’lon qildi.

Foto: Sofascore
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov turning ramziy jamoasidan o‘rin olgan. Aynan u KXDR jamoasi tepgan penaltini bartaraf etib, O‘zbekiston darvozasining dahlsizligini saqlab qolgan edi.

Shuningdek, tarkibga Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi Son Hyon Min kiritilgan. Falastinga qarshi uchrashuvda “Tottenhem” futbolchisi gol kiritgan edi. Eron darvozasiga ikkita gol urgan Qirg‘iziston milliy jamoasi hamda Samarqandning “Dinamo” klubi hujumchisi Kojo Joel, Qatar darvozasiga 4 ta gol yo‘llagan BAA yarim himoyachisi Fabio Lima ham tur ramziy jamoasidan o‘rin olgan.

Yaponiya va Indoneziya jamoasi himoyachilari ham yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2026 saralashi. Sofascore 6-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi