Futbol olamida qishki transfer oynasi yaqinlashgani sari o‘zbek futbolchilari atrofidagi transfer yangiliklari ham ko‘payib qoldi.
Xususan, Yevropaning “top-5” ligalari klublari o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga e’tibor qaratayotgani ham muxlislarimizni quvontirmoqda. Xususan, joriy mavsum boshidan beri “Lans”dagi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga oid xabarlar tingani yo‘q.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli himoyachimizga “Pari Sen-Jermen”, “Marsel”, “Tottenxem”, “Everton”, “Arsenal”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Bayer”, “Atletiko Madrid” kabi mashhur klublar og‘iz solmoqda va lansliklar bu transferdan 30 million yevro ishlab olmoqchi ekani aytilmoqda.
Endi SSKA yetakchisiga aylangan Abbosbek Fayzullayevning nomi ham transfer yangiliklarida paydo bo‘la boshladi. Bir necha manbalar 21 yoshli hujumkor futbolchiga jahon futboliga Kilian Mbappedek yulduzni tarbiyalab bergan “Monako” jiddiy qiziqayotgani haqida bong ura boshladi. Ularning yozishicha, fransiyaliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasida porlayotgan o‘yinchi uchun 15 million yevro to‘lashni rejalashtirgan.
Bu yangiliklarga Rossiya futboli ekspertlari va muxlislari ham o‘z munosabatini bildira boshladi. Xususan, SSKAning sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov bu borada o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- “Monako” Abbosbek Fayzullayev uchun juda yaxshi variant. O‘zbek futbolchisi bu jamoada o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman, chunki buning uchun Abbosda hamma imkoniyat yetarli. Qolaversa, Fayzullayev “Monako”da Aleksandr Golovin bilan yaxshi o‘ynab ketishiga ham ishonchim komil.
Fayzullayevga Rossiya Premer-ligasida har doim ham oson bo‘layotgani yo‘q. Chunki chempionatimizda to‘qnashuv va qo‘pollik ko‘p. Agar Fransiyaga o‘tsa, u yerda uning oyog‘iga bu qadar ko‘p tepishmaydi. Osonroq bo‘ladi.
Fayzullayev – aqlli, iste’dodli futbolchi. “Monako”ga bunaqa o‘yinchilar kerak. Abbosbek Yevropa klublari e’tiborini o‘ziga jalb eta oladi. Biroq, SSKA uni “Monako”ga qo‘yib yuborsa, yaxshi futbolchisini yo‘qotadi, - dedi Vladimir Ponomaryov.
Shuningdek, SSKA klubining muxlislari ham ijtimoiy tarmoqlarda Fayzullayev transferini muhokama qila boshladi. Munosabatlar bilan tanishing:
Anonymous: Abbos jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi, 15 million yevro unga mos narx. Klub bu narxga uni qo‘yib yuboradi.
Custofool: Bu yigit o‘z o‘yini bilan bunaqa e’tiborga loyiq.
Lad: Bunaqa o‘yin bilan “armiyachilar” oltinchi qatordan tepaga ko‘tarila olmayapti. Agar o‘zbek futbolchisini qo‘yib yuborsa, jamoa yana bir necha pog‘ona pastlaydi. Biroq 15 million yevroga bir necha iste’dodli o‘yinchilarni olib, jamoani va raqobatni yanada kuchaytirish imkoni oshadi.
Osbourne: SSKA bu narxga uni “Monako”gacha shaxsan kuzatib qo‘yishi kerak.
Polo: Agar Fayzullayevni yanvarda qo‘yib yuborishsa, jamoa chempionatni musobaqa jadvalining ikkinchi qismida yakunlaydi. Shundoq ham “armiyachilar” hujum chizig‘ida ko‘p ham qoyillatayotgani yo‘q.
Smotryashiy: SSKA Fayzullayevni qishki transferlar vaqtida qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lmasa kerak.
Oskol: SSKA Fayzullayevni transfer qilsa, o‘rniga boshqa o‘yinchi olmaydi.
Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullayev aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SSKA uni 2023 yilning avgustida 500 ming yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.
Legionerga aylanganidan beri yorqin o‘yin ko‘rsatib kelayotgan Abbosbekning transfer summasi 6 million yevroga yetdi va yana oshishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Suriyada isyonchilar Rossiya texnikasini qo‘lga kiritdi va Idlibni nazoratiga oldi
O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin
To‘rabek Habibullayev Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi