O‘zbek futbolining so‘nggi yillardagi eng yorqin iste’dodlari sifatida xorijda muvaffaqiyatli to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovni ko‘rsatish mumkin.
Abduqodir bugungi kunda Fransiya chempionatining kashfiyotiga aylandi. Yevropaning qator qudratli klublari 20 yoshli himoyachini o‘z safida ko‘rishni orzu qila boshladi. Husanovning transfer summasi qisqa fursatda bir necha baravar ko‘tarilib, 12 million yevroga yetdi. Legionerimiz bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmat o‘yinchisiga aylandi.
Abbosbek esa, ikki yildan beri Rossiya futbolida porlayapti. Fayzullayev ham Yevropaning kuchli ligalariga yo‘l olishga bel bog‘lagan talantlarimizdan.
Legioner maqomini olganidan beri uning ham transfer summasi keskin oshdi va ayni paytda o‘yinchimizning narxi 8 million yevroga baholanyapti.
Abbosbek Fayzullayev Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekistonning eng zo‘r futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqqa Abduqodir Husanov ham da’vogarlik qilgandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov yangi avlod vakillari orasida o‘z iqtidorini namoyish qilib kelayotgan ikki o‘yinchi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Abbosbek Fayzullayevga eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida raqobat tug‘dira oladigan o‘yinchilar bor, albatta. Men Abbosbek bu yil shu sovringa munosib o‘yin ko‘rsatdi, deb ayta olaman. Buni Rossiya chempionatidagi o‘yinlari va O‘zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi paytlardagi uchrashuvlarida qanday o‘ynaganidan bilib olish mumkin. Fayzullayev bu sovringa o‘z harakati va ishtiyoqi orqali munosibligini ko‘rsata oldi.
“Lans”da o‘ynayotgan Husanov ham bor. Yosh yigit, uning bir necha uchrashuvdagi o‘yinini kuzatdim. Agar u shu taqlid davom etsa, uning faoliyati yanada yuksalib ketadi, deb o‘ylayman.
Husanov va Fayzullayevning maydondagi pozitsiyalari bir biridan farq qiladi, albatta. Husanov yaxshi himoyachi bo‘lgani bilan o‘zining ustun tomonlarini ko‘rsatishi uchun nima qilishi kerak? Unda Abbos gol urmasligi, assist qayd etmasligi kerak. Abduqodirning o‘zi esa, doim boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi, ko‘p uchrashuv o‘tkazishi, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasligi, golli paslar uzatib, o‘zi ham 4-5 ta to‘p kiritishi shart.
Himoyachiga bunday sovrinlarni yutishda hujumkor futbolchilar bilan raqobatlashish juda og‘ir. Chunki himoyachilarga qaraganda, oldingi chiziqdagi o‘yinchilarning samarasi ko‘proq ko‘zga tashlanadi, - dedi Vitaliy Denisov.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans” safida barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushdi.
Abbosbek Fayzullayev SSKA futbolchisi sifatida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va oltita assist qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi